Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

8-mart sharafiga bayram konserti

2024 7 Mart
200
Ulashing

Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash arafasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining maftunkor va munis ayollari uchun O‘quv-mashg‘ulot markazida bayram konserti bo‘lib o‘tdi.

Foto1

Aviakompaniya xodimlarining farzandlari, yosh bo‘lishiga qaramay, sahnadagi chiqishlari bilan tomoshabinlarga katta quvonch bag‘ishladi. Konsert yakunida ularga esdalik sovg‘alar taqdim etildi. 

Foto1

Foto3

“Uzbekistan Airways Technics” xodimi Bershova Galina Semyonovnaning “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash – dasturning eng ajoyib lahzalaridan biri bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, mukofot o‘z ishida faol va tashabbuskor, oilalar farovonligini shakllantirish va mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida samarali mehnati bilan munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarga beriladi.  

Foto4

Konsert dasturi ayollarga unutilmas va ijobiy his-tuyg‘ularni taqdim etdi.

Foto6

PDF-ni yuklab oling