Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

2022 7 Dekabr
139
Ulashing

“Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyatida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat transport universiteti vakillari, aviakompaniya xodimlari ishtirok etdi. 

1

“Uzbekistan Airways” AJ Yuridik departamenti direktori Amriddin Omonturdiyev O‘zbekiston Respublikasining Asosiy qonunining ahamiyati, aviakompaniyaning har bir xodimining barcha huquq va erkinliklariga rioya etilishi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan mamlakat Konstitutsiyasi demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, mamlakatning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashi uchun mustahkam poydevor bo‘lganini ta’kidladi.

2

Tadbir mehmonlari, shuningdek, Konstitutsiya O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosining huquqlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat ekanligi to‘g‘risida fikr bildirdilar. Unda, birinchi navbatda, insonparvarlik, adolat g‘oyalarini birlashtirishga e’tibor qaratiladi.

3

Mustaqillik bilan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy sohalarda, davlat qurilishi sohasida amalga oshirilgan chuqur demokratik o‘zgarishlar, ularning natijalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga ko‘ra inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgani ta’kidlandi.

4

Tadbirning ikkinchi qismida aviakompaniya rahbariyati bilan o‘tkazilgan tadbirda davlatimizning yuksak eʼtirofiga sazovor boʻlgan bir guruh xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. 

5

 

PDF-ni yuklab oling