Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

7-dekabr – Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni

2021 7 Dekabr
53
Ulashing

Uzbekistan Airways jamoasi aviatsiyani sevadigan va o‘z hayotini samosiz tasavvur qila olmaydigan barcha insonlarni tabriklaydi!  
   
Fuqaro aviatsiyasi tufayli siz nafaqat masofani tezda yengib oʻtishingiz, balki parvoz vaqtida ham sayohatdan zavqlanishingiz mumkin.  
   
P.S. Pastda O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi qanday paydo bo‘lganligi haqida qiziqarli ma’lumotlarni topishingiz mumkin.  

Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi tarixidan 10 ta fakt

  1. 1923-yil – Toshkentda Turkiston havoda uchish jamiyatining tashkil etilishi
  2. 1924-yil – Toshkent-Pishpek-Olma-ota yoʻnalishi boʻyicha “Junkers P-13” havo kemasida birinchi yoʻlovchi parvozining bajarilishi
  3. 1924-1930-yillar – “Kogon” aeroporti birinchi havo kemalarining asosiy bazasi boʻlib, Toshkent-Buxoro-Xiva-Toʻrtkoʻl va Toshkent-Buxoro-Qarshi-Termiz yoʻnalishidagi qatnovlarda oraliq vosita sifatida foydalanilgan.
  4. 1924-yil – Toshkentda birinchi aviata’mirlash ustaxonasini tashkil etilishi
  5. 1941-yil – Oʻzbekistonda uchuvchilar va havo kemasiga xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislarning birinchi hududiy milliy maktabi tashkil etiladi
  6. 1956-yil – Toshkentda Mi-4 birinchi vertolyotidan foydalanish boshlanishi.
  7. 1960-yillari – An-24, Yak-40, Il-62, Tu-154 kabi havo kemalarini foydalanishga topshirilishi.
  8. 1973-yil – havo harakatini nazorat qilish tizimini yaratilishi, bundan oldin 1930-yillarida harakat xizmati faoliyat koʻrsatgan. 
  9. 1992-yil – “Uzbekistan havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi (MAK)ning tashkil etilishi
  10. 1993-yil – Airbus oilasiga tegishli havo kemalarining ishga tushirish, birinchi Boeing esa 1996-da qabul qilib olindi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling