Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

28 yanvar - "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining 28 yilligi

2020 28 Yanvar
1234
Ulashing

Bugun, 28-yanvar kuni O‘zbekiston aviakompaniyasi o‘zining 28 yilligini nishonlamoqda.  An’anaga ko‘ra, ushbu kunda "Uzbekistan Airways"  direktsiyasida aviakompaniya rahbariyati, xodimlari va faxriylari  ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Aviatorlarga eng samimiy tabriklar va istaklar yo‘llanib, aviatashuvchini rivojlantirishdagi ularning xizmatlari va mamlakatimiz aviatsiya sohasining xalqaro maydondagi obro‘sini oshirishga qo‘shgan hissalari qayd etildi.

"Uzbekistan Airways"ning 28 yilligi munosabati bilan ko‘p yillik benuqson mehnati va yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, mehnatsevarlik hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 24 nafar aviakompaniya xodimlariga "Mehnat faxriysi" unvoni berildi, 36 nafar xodim professional va samarali mehnatlari uchun Faxriy yorliq bilan mukofotlandi.  38 aviatsiya mutaxassisi pul mukofoti bilan taqdirlanib, 44 ta xodimga tashakkurnoma e’lon qilindi.

28year

Bayram kontsertida aviaxodimlar tomonidan ijro etilgan yorqin musiqiy chiqishlar, qo‘shiqlar va she’rlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ajoyib tuyg'ularni uyg‘otdi.

Barcha aviaxodimlarni aviakompaniya tashkil etilgan kun bilan chin dildan tabriklaymiz, sizlarga sihat-salomatlik, musaffo osmon, muvaffaqiyatli parvozlar, eng ulkan orzu va rejalaringiz amalga oshishini hamda aviakompaniyamiz va O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasining farovonligi yo‘lidagi  mehnatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

28year

Bayramingiz muborak bo‘lsin azizlar! "Uzbekistan Airways" tug‘ilgan kuning bilan!

PDF-ni yuklab oling