Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

2024-yil 28-aprel kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida Yangi Nafas – Ekiden musobaqalari tashkil etildi, unda 142 ta jamoadan 75 tasi ishtirok etdi

2024 29 Aprel
115
Ulashing

Musobaqada harbiy va kuchishlatar idoralar vakillari, mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlari talabalari va korporativ jamoalar ishtirok etdi. Yangi Nafas Ekiden BYD musobaqalari O‘zbekiston yengil atletika Federatsiyasi tomonidan ommaviy sportni rivojlantirish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida tashkil etilayotgan Yangi Nafas yugurish musobaqalari guruhiga kiradi. Yangi Nafas – Ekiden BYD tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekneftgaz AJ, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi bevosita rahbarlik qiladi.

Foto1

Ekiden – bu sport ixlosmandlari o‘rtasida hamkorlik va hamjihatlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan jamoaviy musobaqalar.

Ma’lumot uchun: Ekiden – bu yapon avtomagistrali yugurish estafetasi. So‘z ikkita ieroglifdan iborat: “eki” – “bekatni”, “den” – “uzatish” degan ma’noni anglatadi. Ilgari Yaponiyadagi shaharlar o‘rtasida pochta aloqasi ana shunday o‘rnatilgan.

Har bir jamoa 7 ishtirokchidan iborat bo‘lib, har bir yuguruvchiga “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududidagi 7 ta (3,3 km) masofadan biri to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, estafeta tasmasi ekidenning shartlariga ko‘ra keyingi ishtirokchiga topshirildi. Yangi Nafas Ekiden BYD musobaqasi erkaklar, ayollar va aralash estafetada o‘tkazildi. Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 185 million so‘mni tashkil etdi. Nominatsiyalardagi jamoalar birinchi o‘rin uchun 7 000 000 so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 5 600 000 so'm, uchinchi o'rin uchun 4 200 000 so'm etib belgilandi.

Foto2

Uzbekistan Airways jamoasi 67-o‘rinni egalladi. Jamoaning har bir a‘zosi mas’uliyat bilan va munosib ravishda o‘z masofasini bosib o‘tdi va shu bilan jamoaviy ishda birdamlik va hamjihatlikni namoyish etdi. Hamjihatlik va jamoaviy ruh esa umumiy natijaga ta’sir qiladi. Bu bizning aviakompaniyamiz jamoasining respublika sport tadbirlari miqyosidagi birinchi tajribasi edi.

PDF-ni yuklab oling