Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

2022-yilda Uzbekistan Airways nechta uchuvchi va bortkuzatuvchilarni ishga qabul qildi

2022 30 Dekabr
201
Ulashing

Uzbekistan Airways bortda sifatli xizmat ko‘rsatish va xavfsiz parvozlarni amalga oshirishga doimo intiladi. Joriy yilda aviakompaniyaning parvoz ekipajida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo'ldi. Bu, o‘z navbatida, Uzbekistan Airways aviaparkining kengayishi natijasidir. 2022-yil boshidan beri aviakompaniya oʻz aviaparkiga 5 ta Airbus A321neo havo kemalarni qabul qildi, shuningdek, 2029-2030 yillarda yana 12 ta A320neo va A321neo samolyotlarini sotib olishni rejalashtirmoqda. 

Shuni ta'kidlash kerakki, 2022-yilda Uzbekistan Airways xorijiy davlatlardan 9 nafar ikkinchi uchuvchi va 19 nafar komandirlarni ishga qabul qildi. Bundan tashqari, keyingi yilning yanvar oyida esa uchuvchilik maktablarini tamomlagan xorijlik bitiruvchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu tanlov Uzbekistan Airways tarixida ilk marotaba oʻtkaziladi, ilgarilari esa aviakompaniya faqat amaldagi xorijlik uchuvchilar bilan shartnoma tuzar edi. 

Yo‘lovchilar uchun xavfsiz va qulay parvozni ta’minlashda bortkuzatuvchilik kasbi ham muhim o‘rin tutadi. 2022-yilda O‘zbekiston yoshlari ushbu kasbni egallash imkoniyatiga ega bo‘ldi. 2022-yil dekabriga qadar “O‘quv-mashq markazining” 29 nafar bitiruvchisi tanlovdan o‘tdi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga ishga taklif qilindi. Bundan tashqari, 2022-yilda Uzbekistan Airways sertifikatga ega va boshqa aviakompaniyalarda faoliyat yuritgan ikki nafar bortkuzatuvchilarni ishga qabul qildi.

PDF-ni yuklab oling