Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

14-Yanvar-Vatan himoyachilari kuni

2021 14 Yanvar
2811
Ulashing

14y14-yanvar yurtimizda O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni   hamda  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bayram sanasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tarixidagi quyidagi eng muhim voqealar bilan bog‘liqdir: 1991-yilning 31-avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Shu kuni e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi bayonot esa milliy Qurolli kuchlarimizni tashkil etish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. 1991-yil 6-sentyabrdagi «Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sohaning ilk poydevori sanaladi. 1992-yil 3-iyul kuni Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 1992-yilning 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida»gi qarori juda muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Mazkur qarorga ko‘ra, davlatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi. 1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi.

Ushbu bayram, nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o‘tkaziladi, Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan.

Mazkur bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘liq bo‘lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o‘z kuch-g‘ayratingizni ayamang! Bayramingiz muborak, azizlar!!!              

 

Biringiz o‘g‘ilsiz, biringiz yorsiz,

Biringiz inimiz, ishda hamkorsiz.

Og‘irimiz yengil qilib doimo,

Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz!

PDF-ni yuklab oling