We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Korruptsiyaga qarshi kurashish – umumiy burchimizdir

Share on social media

«Uzbekistan Airways» AJning Korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha siyosatiga muvofiq aviakompaniyada inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, aviakompaniya xodimlarining huquqiy va ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni kamaytirish maqsadida «Uzbekistan Airways» AJ rasmiy saytidagi «Korruptsiyaga qarshi kurashish» bo‘limida aloqa kanali tashkil etilgan boʻlib, u orqali jismoniy va yuridik shaxslar aviakompaniya xodimlari tomonidan sodir etilgan korruptsion harakatlar holatlari toʻgʻrisida xabar berish imkoniyatiga ega.

Agar yo‘lovchilar korruptsiya holatlariga duch kelsa, ular bu haqda xabar berishlari mumkin:

• Aviakompaniyaning www.uzairways.com korporativ sayti orqali, bu yerda Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘limida murojaatlar qoldirish uchun maxsus bo‘lim yaratilgan;

• anticorruption@uzairways.com elektron manzili orqali;

• Toshkent shahri, A.Temur shoh ko‘chasi, 41-uy, «Uzbekistan Airways» AJ  Xavfsizlik va korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi manzilida.

Xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishda korruptsiya holatlari to‘g‘risida vijdonan xabar bergan jismoniy va yuridik shaxslarning maxfiyligi kafolatlanadi.

Quyidagi havola orqali biz bilan bog‘laning https://corp.uzairways.com/ru/form/protivodeystvie-korrupcii.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

Download PDF