We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways talabalar uchun chegirmalarni uzaytirdi

Share on social media

2021/2022-oʻquv yilining ikkinchi yarmini toʻliq va puxta tayyorgarlik koʻrgan holda boshlash maqsadida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilgani bois “Uzbekistan Airways” AJ 23-yanvarga qadar talabalar uchun respublika bo’ylab amalga oshiriladigan ichki reyslarga 50% chegirma muddatini uzaytirdi. 10.01.2022ga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalar 23-yanvargacha rejalashtirilgan reyslarga bepul qayta bron qilinadi.

Shuningdek, aviakompaniya joriy yilning 20 – 23-yanvar kunlari qo’shimcha reyslarni amalga oshiradi.
 
Batafsil ma’lumot bilan www.uzairways.com rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

Download PDF