We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

12 iyul – Butunjahon fuqaro aviatsiyasi bortkuzatuvchisi kuni!

Share on social media

Bugun eng romantik kasb egalari – parvoz xodimlari o'zlarining professional bayramlarini nishonlamoqdalar. 

Bugungi kunda “Uzbekistan Airways” AJda har kuni – kechayu-kunduz yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadigan, qulay va xavfsiz parvozni ta’minlaydigan 900ga yaqin bortkuzatuvchilari faoliyat yuritadi. 

Hurmatli Uzbekistan Airways bortkuzatuvchilari, sizlarni kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz! Siz va hamkasblaringizga qiyin ammo juda mas’uliyatli faoliyatingizda eng samimiy tilaklarni tilaymiz. 

Osmoningiz musaffo, parvozingiz muvaffaqiyatli boʻlsin. Sizni yerda har doim aziz insonlar kutishsin, samolyot bortida favqulodda vaziyatlar roʻy bermasin va har bir parvoz muvaffaqiyatli boʻlsin!  

Bizning yoʻlovchilarimiz uchun samolyot bortida tez-tez salomlashish soʻzlari yangrasin: Xonimlar va janoblar, kema qoʻmondoni parvozga tayyorgarlik haqida xabar berdi. Bizning ekipajimiz sizga yoqimli parvoz tilaydi! 

«Uzbekistan Airways» AJ Axborot xizmati. 

 

Download PDF