We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways yoʻlovchilari uchun aksiya!

Share on social media

Joriy yilning 10 iyuldan 31 iyulga qadar “Uzbekistan Airways” AJ Oʻzbekistondan Istanbulga sayohat qilish uchun yanada qulay sharoitlarni taklif etadi. Aviakompaniya yoʻlovchilar uchun Toshkent-Istanbul-Toshkent, Samarqand-Istanbul-Samarqand, Urganch-Istanbul-Urganch, Fargʻona-Istanbul-Fargʻona yoʻnalishlari boʻyicha bepul bagaj tashish miqdorini oshiradi.

Endilikda Toshkent-Istanbul-Toshkent yoʻnalishi boʻylab sayohat qilishni rejalashtirayotgan yoʻlovchilarga ekonom klassda 40 kg gacha, biznes-klassda – 50 kg gacha bepul bagaj tashish imkoni beriladi.

Samarqand-Istanbul-Samarqand, Urganch-Istanbul-Urganch, Fargʻona-Istanbul-Fargʻona yoʻnalishlari bo’yicha safar qilishni rejalashtirayotgan yoʻlovchilarga xarid qilingan ekonom klass tarifidan qat’iy nazar, 35 kg gacha, bizness-klassda – 40 gacha bepul bagaj tashishga ruxsat beriladi.

*Aksiya aviachiptada koʻrsatilgan me’yordan qat’iy nazar, yuqorida koʻrsatilgan davr mobaynida “Uzbekistan Airways” parvozlariga tatbiq etiladi. 

Download PDF