We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Sayyohlar uchun ajoyib yangilik: Yangi Nukus-Oqtov-Nukus qatnovi!

Share on social media

Joriy yilning 21-iyunidan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ Nukus-Oqtov-Nukus yo‘nalishi bo‘yicha haftaning dushanba kunlari muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.

Nukus-Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 1 093 000 so‘mdan boshlanadi, Nukus-Oqtov-Nukus bo‘yicha esa 1 869 000 so‘mdan boshlanadi.

Bundan tashqari, Toshkent va Samarqanddan Oqtovga va Nukus orqali ortga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tariflar joriy etilgan. Shuningdek, «Uzbekistan Airways» AJ Urganch-Oqtov-Urganch yonalishida ham haftasiga ikki marotaba – dushanba va juma kunlari muntazam qatnovlarni bajarayotganligini alohida e’tirof etish joiz.

Narxlar, Oʻzbekiston Respublikasi MB kursi boʻyicha 16.06.2021-yil holatiga ko‘ra amal qiladi.

«Uzbekistan Airways» AJ Matbuot xizmati.

Download PDF