We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Navro‘z arafasida ichki qatnovlarga bayram chegirmalari

Share on social media

Hurmatli yo‘lovchilar! 

“Uzbekistan Airways” AJ 2021-yil 20-22 mart kunlari Navro‘z bayramini nishonlash munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun  respublikaning barcha ichiki qatnovlariga chegirmalar e’lon qiladi:

- individual yo‘lovchilar uchun - 30%; 

- sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, kollej, litsey, OO‘Yu talabalari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa idoralar tizimi maxsus o‘quv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun - 40%;

- oila  (2 va undan ortiq kishi, ya’ni: er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bo‘gan ota yoki 18 yoshgacha farzandlari bo‘lgan ona) uchun -50%;

- nafaqaxoʻrlar uchun - 50%; 

- nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun - 50%;

-1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun - 50%;

- 1941-1945-yillardagi urush davrida frontortida fidokorona mehnati va beg‘ubor harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun - 50%; 

- Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun - 50%. 

Yo'nalish  
Urganch - Fargʻona Chipta sotib olish
Fargʻona - Urganch Chipta sotib olish
Toshkent - Nukus Chipta sotib olish
Nukus - Toshkent Chipta sotib olish
Toshkent - Urganch Chipta sotib olish
Urganch - Toshkent Chipta sotib olish
Toshkent - Termiz Chipta sotib olish
Termiz - Toshkent Chipta sotib olish

Kirib kelayotgan bayramingiz bilan! 

Sizga yoqimli va xavfsiz parvoz tilaymiz!

Download PDF