We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi qatnovlariga aviachiptalarni telegram bot yoki CLICK ilovasi orqali 2% gacha keshbek bilan sotib oling!

Share on social media

click"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi CLICK toʻlov tizimi bilan hamkorlikda "Uzbekistan Airways" qatnovlariga aviachiptalarni sotib olish xizmatini kengaytirmoqda.

CLICK Evolution mobil ilovasi va Telegram botidagi qulay va moslashuvchan qidiruv tizimi sizga eng yaxshi variantlarni topishga va toʻlovni dasturdan chiqmasdan darhol amalga oshirishga yordam beradi.

Buning uchun faqat @clickuz telegram botiga kirib, "Toʻlov" boʻlimiga oʻting va "Aviachiptalar" toifasini tanlang.

Xizmat ikkita variantni taklif qiladi:

  • bir tomonga aviachiptani sotib olish;
  • Ikki tomonga aviachiptani sotib olish;

So'ngra, foydalanuvchi jo'nash va yetib borish shaharini, shuningdek parvoz sanasini va yoʻlovchilar sonini tanlashi kerak.

Shaxsiy maʼlumotlar toʻldirilgandan soʻng aviachipta bron qilinadi va toʻlov jarayoniga oʼtiladi. Toʻlov muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan soʻng, aviachipta yoʻlovchining bron qilish vaqtida koʻrsatilgan elektron pochta manziliga yuboriladi.

Toʻlangan aviachipta uchun keshbek foydalanuvchining CLICK hamyoniga tushadi.

Aviachiptalarni yangi, qulay xizmat orqali foyda bilan sotib oling!

Sizga yoqimli va xavfsiz parvoz tilaymiz!

 

Download PDF