We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Respublika ichidagi yoʻnalishlarda chegirma miqdori oshirildi

Share on social media

Hurmatli yo‘lovchilar!

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi "Keksalar uchun turizm oyligi" arafasida 2020-yil 1-30-noyabr kunlari amalga oshiriladigan mahalliy yo‘nalishlardagi qatnovlarga chegirmalar taqdim etilishini e’lon qiladi.  O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun biznes va ekonom (reklama tariflarini hisobga olmaganda) xizmat ko‘rsatish klasslari tariflariga 25 foizli chegirma taqdim etiladi.

Chegirmali aviachiptalarni  yo‘lovchining yoshini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan so‘ng «Uzbekistan airways sales» filiali yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin.

Sizni aviakompaniyamiz qatnovlarida ko‘rishdan mamnunmiz!

Sizga yoqimli va xavfsiz parvozlar tilaymiz!

Download PDF