We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Qozon va Samara shaharlaridan Toshkentga qo'shimcha charter qatnovlari

Share on social media

Hurmatli yo'lovchilar!

"Uzbekistan airways" aviakompaniyasi 2020-yil 9- oktyabrda Qozondan Toshkentga va 2020-yil 10-oktyabrda Samaradan Toshkentga qo'shimcha charter qatnolari amalga oshirilishi to'g'risida xabar beradi.

Parvozlar jadvali va aviachiptalar narxlari bilan aviakompaniya veb-saytida tanishishingiz mumkin:

Yo'nalish Reys raqami Uchish/kelish vaqti  
Qozon - Toshkent HY 3650 09:00/14:30 Chipta sotib olish
Samara - Toshkent HY 3654 11:20/15:25 Chipta sotib olish

Quyidagilarga e'tibor qaratishingizni iltimos qilamiz:

Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan O'zbekistonga havo qatnoviga O'zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Qirg'iziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan o'tganligi to'g'risidagi ma'lumotnomani (qatnov  jo'nashidan oldin kamida 72 soatdan ko'p bo'lmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsatl beriladi.  PZR ma'lumotnomasiga ega bo'lmagan yo'lovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qo'yilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, "Uzbekistan  airways" AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki mintaqangizdagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin.

Sizni aviakompaniyamiz qatnovlarida ko'rishdan xursand bo'lamiz!
Sizga yoqimli va xavfsiz parvozlar tilaymiz!

 

 

Download PDF