We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Sankt-Peterburgdan Samarqand, Farg'ona, Termiz va Urganchga repatriatsiya reyslari

Share on social media

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Vatanga qaytib kelishida qulay sharoitlar yaratish maqsadida «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Sankt-Peterburgdan Samarqand, Farg‘ona, Termiz va Urganch shaharlariga quyidagi jadval bo‘yicha  repatriatsiya qatnovlarini rejalashtirgan (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):

Yo'nalish Qatnov bajariladigan kunlar Reys raqami Uchish/kelish vaqti  
Sankt-Peterburg - Samarqand 5 oktyabr HY3640 12:40/19:30 Chipta sotib olish
Sankt-Peterburg - Farg'ona 6 oktyabr HY3636 01:40/08:45 Chipta sotib olish
Sankt-Peterburg - Termiz 6 oktyabr HY3712 15:20/22:30 Chipta sotib olish
Sankt-Peterburg - Urganch 7 oktyabr HY3638 04:55/11:15 Chipta sotib olish

Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan O'zbekistonga parvoz qilish faqat PCR tekshiruvidan o'tganligi to'g'risidagi  (qatnov jo'nashidan oldin kamida 72 soat amal qiluvchi) ma’lumotnoma taqdim etilgan holda ruxsat berilishiga e'tibor qaratishingizni so'raymiz. PCR ma’lumotnomasi bo'lmagan yo'lovchilar aviakompaniya qatnovlariga qo'yilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, AJ mobil ilovasi orqali, shuningdek, "Uzbekistan Airways" AJning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki mintaqangizdagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin.

Sizni aviakompaniyamiz qatnovlarida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!

Download PDF