We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Sankt-Peterburg - Toshkent yo'nalishi bo'yicha qo'shimcha qatnov.

Share on social media

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari o'z Vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 2020-yil 21-sentyabrda Sankt-Peterburgdan Toshkentga qo’shimcha charter qatnovga erkin sotuv ochilganini ma'lum qiladi.

Parvozlar jadvali va aviachiptalar narxi bilan aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin:

Yo'nalish Reys raqami Qatnov bajariladigan kun Uchish/ketish vaqti  
Sankt-Peterburg - Toshkent HY 3632 21 sentabr 17:40/00:30+1 Chipta sotib olish

Mazkur qatnovga joylar chegaralanganligiga e'tibor berishingizni so’raymiz.

RF shaharlaridan O'zbekistonga aviaqatnov faqat O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga, PCR tekshiruvidan o'tganligi to'g'risidagi (qatnov jo'nashidan oldin kamida 72 soat amal qiluvchi) ma’lumotnoma qat’iy taqdim etilgan holda ruxsat beriladi. PCR ma’lumotnomasi bo'lmagan yo'lovchilar aviakompaniya qatnovlariga qo'yilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, mobil ilovasi orqali, shuningdek, "Uzbekistan Airways " AJning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki mintaqangizdagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin.

Sizni aviakompaniyamiz qatnovlarida ko'rishdan mamnun bo'lamiz!

Sizga yoqimli va xavfsiz parvozlar tilaymiz!

Download PDF