We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Samaraga uchuvchi repatriatsiya qatnoviga sotuv ochiq

Share on social media

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari o'z Vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 2020-yil 23-sentyabr kuni Samara shahridan Toshkentga amalga oshiriladigan charter qatnoviga erkin sotuv ochilganini ma'lum qiladi.

Parvozlar jadvali va aviachiptalar narxi bilan aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Yo'nalish Reys raqami Uchish/ketish vaqti  
Samara - Toshkent HY 3654 10:30/14:35 Chipta sotib olish

Iltimos, diqqat qiling, Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan O'zbekistonga parvoz qilish faqat O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga, PCR tekshiruvidan o'tganligi to'g'risidagi ma’lumotnoma (qatnov jo'nashidan oldin kamida 72 soat amal qiluvchi) taqdim etilgan holda ruxsat beriladi. PCR ma’lumotnomasi bo'lmagan yo'lovchilar aviakompaniya qatnovlariga qo'yilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, AJ mobil ilovasi orqali, shuningdek, "Uzbekistan Airways " AJning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki mintaqangizdagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin.

Sizni aviakompaniyamiz qatnovlarida ko'rishdan mamnun bo'lamiz!

Sizga yoqimli va xavfsiz parvozlar tilaymiz!

Download PDF