We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Nukus, Urganch va Buxoroga aviaqatnovlar

Share on social media

Hurmatli yo'lovchilar! Uzbekistan Airways aviakompaniyasi joriy haftadan boshlab respublika ichidagi yo'nalishlar bo'yicha quyidagi qatnovlarni amalga oshira boshlashini e'lon qiladi:

Toshkent-Nukus-Toshkent payshanba va yakshanba kunlari — Toshkentdan ketish 15:30 da, Nukusga kelish 17:10 da. Nukusdan ketish 19:40 da, Toshkentga kelish 21:00 da.

Toshkent-Urganch-Toshkent chorshanba va shanba kunlari — Toshkentdan ketish 15:30 da, Urganchga kelish 17:00 da. Urganchdan ketish 19:40 da, Toshkentga kelish 20:50 da.

Toshkent-Buxoro-Toshkent dushanba va juma kunlari — Toshkentdan ketish 10:30 da, Buxoroga kelish 11:40 da. Buxorodan ketish 14:10 da, Toshkentga kelish 15:10 da.

Eslatib o'tamiz, havo kemasida va aeroport binosida karantin qoidalariga rioya qilish, shu jumladan tibbiy niqob va qo'lqopda bo'lishingiz kerak.

Biz yana siz bilan bo'lishdan va sizni havo kemasida kutib olishdan xursandmiz! Uzbekistan Airways bilan sayohat qilayotganingiz uchun rahmat.

Download PDF