We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Toshkent - Moskva - Toshkent charter qatnovi

Share on social media

Hurmatli yo'lovchilar! Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bugun, 24-mart kuni Toshkent - Moskva - Toshkent yo'nalishi bo'yicha charter qatnovlari amalga oshirilishini ma'lum qiladi.

HY613 Toshkent - Moskva (Vnukovo aeroporti) — mahalliy vaqt bilan soat 13:05 da ketish.
HY614 Moskva (Vnukovo aeroporti) - Toshkent — mahalliy vaqt bilan 16:45 da ketish.

Ushbu qatnovlar Rossiya tomoni bilan kelishilgan holda favqulodda tashkil etilganligiga e'tiboringizni qaratamiz. 

Charter qatnovga avvalo O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi xodimlari tomonidan tuzilgan ro'yxatlarga muvofiq navbat bo'yicha turgan yo'lovchilar chaqiriladi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O'zbekiston fuqarolarini vataniga qaytarish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Sizning tushunishingizga umid qilamiz va bizni qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun minnatdormiz.

Download PDF