We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Navro‘z bayramiga «Uzbekistan Airways»dan chegirmalar

Share on social media

«Uzbekistan Airways» Navro‘z bayrami munosabati bilan respublika bo‘yicha barcha qatnovlarga 50% gacha chegirmalar e’lon qiladi. Quydagi chegirmalar 21-martdan 23-martgacha amal qiladi:

  • individual yo‘lovchilar uchun – 30%;
  • sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), o‘quvchilar, talabalar va O‘zR IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus taʼlim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari uchun – 40%;
  • oila uchun (2 yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) – 50%;
  • nafaqaxo‘rlar va nogironlar uchun – 50%;
  • 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, Ikkinchi jahon urushi davridagi mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun – 50%;
  • Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar uchun – 50%.

Chegirmalar nafaqat O‘zbekiston fuqarolariga, balki chet elliklarga ham taqdim etiladi.

Download PDF