We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

"Uzbekistan Airways"ning yangi yil lotereyasida yutuqli ballarni yutib oling!

Share on social media

Yangi yil arafasida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Uzbekistan airways” rasmiy sahifasida bonusli ballarni yutib olish uchun onlayn-lotereya o‘tkazmoqda.

O‘yin "UZAirPlus" tez-tez uchadigan Dastur qatnashchilari o‘rtasida o‘ynalmoqda. Agar siz ushbu Dasturning a’zosi bo‘lmasangiz, aviakompaniyaning veb-saytida https://www.uzairways.com/uz/uzairplus/register-online- havolasida ro‘yxatdan o‘tishingiz va UzAirPlus Dasturining shaxsiy a‘zosi raqamini olishingiz kerak.

O‘yinda ishtirok etish uchun aviakompaniyaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Uzbekistan airways” rasmiy sahifasida onlayn-lotereya o‘tkazilganligi haqida nashrning ostiga "Yoqadi" belgisini qo‘yishingiz kerak, shuningdek sharhlarda UzAirPlus Dasturidagi o‘zingizning shaxsiy raqamingizni ko‘rsatishingiz zarur.

Uchta mukofot o‘ynaladi:

1-o‘rin – 30 000 ball

2-o‘rin – 20 000 ball

3-o‘rin – 10 000 ball.

Onlayn lotereya g‘oliblari 27-dekabr kuni Random.org tasodifiy raqamlar generator dasturi orqali maxsus komissiya va OAV vakillari ishtirokida aniqlanadi.

Sovrin ballari g‘oliblarga nashrga izohlarda ko‘rsatilgan UzAirPlus Dasturi ishtirokchilarining shaxsiy hisob raqamlariga o‘tkaziladi.

Mukofot ballaridan "Uzbekistan Airways" AJ qatnovlariga mukofot aviabiletlarini rasmiylashtirishda foydalanish mumkin. Muayyan miqdordagi ballarni to‘plaganingizdan so‘ng, siz ularni xizmat ko‘rsatish klassini oshirish yoki mukofot parvozi uchun ishlatishingiz mumkin.

UzAirPlus Dasturi ishtirokchilariga taqdim etiladigan xizmatlardan faqat "Uzbekistan Airways"ning muntazam qatnovlarida foydalanish mumkin.

O‘yin g‘oliblarining nomlari aviakompaniyasining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Uzbekistan airways” rasmiy sahifasida e’lon qilinadi.

 

Download PDF