Hududiy aviaqatnovlarni rivojlantiriş, turizmni qöllab-quvvatlaş va yölovçilarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş masalalari Uzbekistan Airways rahbariyatining Qaşqadaryo viloyati vakillari bilan sayyor uçraşuvining asosiy mavzulari böldi.
2026-yil-12-noyabr kuni Qarşi şahrida aviakompaniya rahbariyati va xodimlari iştirokida navbatdagi sayyor qabul bölib ötdi. Oçiq muloqotda davlat va jamoat taşkilotlari, turizm sohasi, biznes, aviaçiptalarni sotiş agentliklari, ommaviy axborot vositalari vakillari va viloyat aholisi iştirok etdi.
Uçraşuvni Uzbekistan Airways matbuot kotibi Qizlarxon Begmatova oçib, aviakompaniya faoliyatining asosiy yönalişlari, xodimlar bilan işlaş va yölovçilarga xizmat körsatişni takomillaştiriş haqida sözlab berdi.

Havo qatnovi va turizm salohiyatini rivojlantiriş
Qaşqadaryo viloyatining transport qamrovini kengaytiriş markaziy mavzulardan biri böldi. Viloyat turizm boşqarmasi vakillari Şahrisabz, Kitob tumani, Miraki, Ğelon va Maydanakning salohiyati ortib borayotganini ta’kidladi.

"Qarşi va Şahrisabzga parvozlarni köpaytirişda bizni qöllab-quvvatlaşingizni söraymiz," – deya murojaat qildi turizm sohasi vakillari aviakompaniya rahbariyatiga.
Taklifga javob berar ekan, Uzbekistan Airways Boşqaruvi raisining tijorat va turizm böyiça örinbosari Şuxrat Yadgarov şunday dedi: "Hozirda parvozlar jadvaliga özgartirişlar kiritilmayapti, biroq 2027-yil bahor-yoz navigatsiyasidan boşlab Toşkent-Qarşi-Toşkent yönalişi böyiça aviaqatnovlarni, jumladan, Silk Avia aviakompaniyasi tomonidan hududga parvozlarni köpaytirişni rejalaştira olamiz."

Şahrisabzga parvozlar sonini oşiriş masalasi alohida muhokama qilindi. "Nuroniy" taşkiloti vakili Nömon Uzoqov uşbu yönalişda 70 ga yaqin yölovçiga möljallangan samolyotlardan foydalanişni taklif qildi. Aviakompaniya rahbariyati 2027-yil bahor-yoz mavsumidan boşlab ATR 72-600 havo kemalarida bunday aviaqatnovlarni amalga oşirişni körib çiqiş rejalarini ma’lum qildi.
Biznes va turizm sohasi bilan hamkorlik
Uçraşuv davomida aviaçiptalarni sotiş böyiça agentlar mukofotlaş tizimini takomillaştiriş masalalarini kötardilar. Uzbekistan Airways vakillari savdo hajmiga qarab qöşimça rağbatlantiruvçi tölovlarni nazarda tutuvçi hamkorlikning amaldagi tamoyillarini tuşuntirib berişdi.

Aviakompaniya aviaçiptalarni sotiş böyiça har bir agentga minnatdorçilik bildiradi. Joriy yildan boşlab biz rağbatlantirişning yangilangan sxemasi böyiça işlayapmiz: agentlar aviaçiptalarni sotişi va tegişli foizlarni olişi kerak bölgan belgilangan summa mavjud. Köproq sotdingiz – yanada köproq oling. Biz har doim hamkorlarimizni qöllab-quvvatlaymiz... Şunday ekan, bizni qöllab-quvvatlang va bonuslaringizni oling," – dedi Şuxrat Yadgarov.

Şuningdek, viloyat tadbirkorlari sayyohlarni jalb qiliş va mehmonxona infratuzilmasi yuklamasini oşiriş böyiça qöşma taşabbuslar zarurligiga e’tibor qaratdi.
"Aviakompaniya barça loyiha va ğoyalarni körib çiqişga tayyor – asosiysi yeçim topiş va kelajak uçun rejalar tuzişdir," – deya ta’kidladi Ş. Yadgarov


Oçiq muloqot - taraqqiyot asosi
Iştirokçilar, şuningdek, aviatsiya sohasida işga joylaşiş imkoniyatlari, bortkuzatuvçilarning işi va yölovçilarga xizmat körsatişning boşqa masalalarini muhokama qildilar. Kelib tuşgan murojaat va takliflar örganiş uçun qabul qilindi.

Ta’kidlaş joizki, oçiqlikni ta’minlaş maqsadida uçraşuv Instagram ijtimoiy tarmoğida jonli efirda namoyiş etildi.
"Uzbekistan Airways yölovçilar, biznes va turizm sohasi vakillari bilan özaro hamkorlikni mustahkamlaş, şuningdek, taklif va fikrlarni örganiş, xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş va aviatsiya xizmatlarini takomillaştiriş böyiça tegişli işlarni taşkil etiş orqali Özbekiston hududlarida sayyor uçraşuvlar amaliyotini davom ettiradi," – dedi aviakompaniyaning Marketing va tijoratni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Şuhrat Mirsaidov.
Oçiq sayyor muloqot formati nafaqat hududlarning ehtiyojlarini yaxşiroq tuşuniş, balki aviataşuvlar, turizm va mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini rivojlantirişga hissa qöşadigan yeçimlarni birgalikda topiş imkonini beradi.