We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways yölovçilar uçun yangilangan bort menyusini taqdim etadi

Share on social media

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tarkibiy tuzilmasi bölgan «Ketring» MÇJ tomonidan yölovçilar uçun işlab çiqilgan yangilangan bort taomlari menyusi taqdimoti ötkazildi. Mazkur tadbir doirasida mehmonlarga nafaqat yangi taomlar, balki korxonaning aviatsiya keyteringi sohasidagi işlab çiqariş salohiyati, zamonaviy texnologik imkoniyatlari va xalqaro aviakompaniyalarga xizmat körsatiş tajribasi ham namoyiş etilmoqda.

Matbuot anjumanida aviakompaniya rahbariyati, respublika gastronomik turizm sohasi mutaxassislari va ekspertlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda inflyuyenserlar iştirok etdi.

Yangilangan menyuni işlab çiqişda taomlarning ta’mi, sifati, taşqi körinişi va yölovçilarga taqdim etilişiga alohida e’tibor qaratilgan. Bunda parvoz yönalişlari, yölovçilarning ovqatlaniş xususiyatlari, mahsulotlarning mavsumiyligi hamda aviatsiya sohasidagi xizmat körsatiş talablari inobatga olingan. Bort menyusi yiliga ikki marta yangilanib, yölovçilarga taqdim etiladigan taomlar turini boyitiş va xizmat sifatini yanada oşirişga qaratilgan işlar izçil davom ettirilmoqda.

«Ketring» korxonasining tarixi-1958-yilda Toşkent aeroporti huzurida taşkil etilgan restoran faoliyatidan boşlanadi. Bugungi kunda korxona köp yillik tajribasi, zamonaviy işlab çiqariş infratuzilmasi va malakali mutaxassislariga tayangan holda Özbekiston aviatsiya sohasida bort taomlarini tayyorlaş va yetkazib beriş xizmatlarini amalga oşirib kelmoqda.

Korxona Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi bilan bir qatorda mahalliy va xorijiy aviakompaniyalarga ham xizmat körsatadi. Har bir aviataşuvçi uçun taomnoma va xizmatlar majmuasi parvozlar geografiyasi, xizmat körsatiş toifalari, bort taomlari standartlari hamda aviakompaniyaning içki talablarini inobatga olgan holda individual ravişda şakllantiriladi. Bunday yondaşuv korxonaga turli xalqaro standartlarga oson moslaşiş va xorijiy hamkorlar bilan uzoq muddatli aloqalarni yölga qöyiş imkonini beradi.

Korxonada har kuni minglab porsiya bort taomlari tayyorlanadi. Işlab çiqariş jarayonlarida 150 dan ortiq turdagi maxsus uskunalardan foydalaniladi. Taomlarni tayyorlaş, tezkor sovitiş, saqlaş, jamlaş va havo kemalariga yetkazib beriş bosqiçlarida oziq-ovqat xavfsizligi, sanitariya-gigiyena hamda aviatsiya xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etiladi.

Bugungi taqdimotning öziga xos jihati şundaki, mehmonlarga aviatsiya keyteringining töliq texnologik jarayoni bilan yaqindan tanişiş imkoniyati yaratilgan. Xususan, taom ğoyasini işlab çiqiş va sifatli mahsulotlarni tanlaşdan boşlab, ularni tayyorlaş, bort idişlariga joylaştiriş, maxsus bufet-oşxona uskunalarida komplektlaş hamda ixtisoslaştirilgan avtotransport vositalari orqali havo kemalariga yetkazib berişgaça bölgan bosqiçlar namoyiş etilmoqda.

Şu bilan birga, tadbir orqali «Ketring»ning nafaqat milliy aviakompaniya ehtiyojlarini qondiriş, balki xorijiy aviakompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytiriş, turli xizmat körsatiş talablariga moslaşiş va aviatsiya keyteringi sohasidagi zamonaviy yeçimlarni amaliyotga tatbiq etiş imkoniyatlariga ham e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur taqdimot Uzbekistan Airways aviakompaniyasida yölovçilarga xizmat körsatiş sifatini yanada oşiriş bilan bir qatorda, «Ketring» korxonasining işlab çiqariş imkoniyatlarini keng jamoatçilikka taniştiriş, xalqaro hamkorlik salohiyatini namoyon etiş hamda Özbekistonda aviatsiya keyteringi sohasini yanada rivojlantirişga qaratilgan.

«Ketring» jamoasi uçun har bir taom – bu şunçaki ovqat emas, balki yölovçining parvoz davomidagi umumiy taassurotining muhim qismidir. Sifatli mahsulotlar, öziga xos ta’m va nafis taqdimot orqali har bir parvozni yanada qulay va yoqimli qiliş korxona faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib qolmoqda.

Uzbekistan Airways uşbu yangi bort menyusi ustida işlagan, qiziqarli va yangi ta’mga ega mazali taomlarni işlab çiqişda kömaklaşgan har hodimga öz minnatdorçiligini bildiradi.

Download PDF
AI Assistant
Need help?