“Uzbekistan Airways Technics” MCHJ, “Tashkent-Humo xalqaro aeroporti” MCHJ, “Ketring” MCHJ, “Uzbekistan Helicopters” MCHJ, “O‘quv-mashq markazi” MCHJ kabi tarkibiy korxonalarning rahbar va boshqaruv tarkibi (RBT) va xodimlari ishtirokida hamda “Uzbekistan Airways” AJning tarkibiy bo‘linmalari bilan Parvoz xizmatining alohida joylashgan ko‘p qavatli binosida rejali o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar (seminarlar) va obyekt mashqlarini o‘tkazish yakunlari.



Fuqaro muhofazasi bo‘yicha ushbu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 19.10.2026-yildagi topshirig‘ini bajarish maqsadida amalga oshirildi. № 2/9658-sonli buyruqda joriy yilning 19-26-oktyabr kunlari "Xodimlarni (aholini) ehtimoliy zilzilalarga tayyorlash" deb e’lon qilingan hafta, shuningdek, "Uzbekistan Airways" AJ Boshqaruv raisi - Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 10.02.2026-yildagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan "2026-yilda xodimlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Uzbekistan Airways" AJ FVDT funksional quyi tizimining oldini olish va harakat qilish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar rejasi"ga muvofiq belgilangan.


O‘quv-uslubiy seminarlar va obyekt mashg‘ulotlari 2026-yilning 20-22-oktyabr kunlari barcha tarkibiy aviakorxonalarda rahbar va boshqaruv tarkibi va xodimlari, shuningdek, Parvoz xizmati binosida faoliyat yurituvchi ishchi kuchlaridan iborat tarkibiy bo‘linmalar bilan "Uzbekistan Airways" AJda seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini tashkil etish va takomillashtirish" hamda "Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda "Uzbekistan Airways" AJ boshqaruv organlari, fuqaro muhofazasi tuzilmalari va xodimlarining harakat qilish tartibi" mavzulari bo‘yicha o‘tkazildi.



Fuqaro muhofazasi bo‘yicha barcha tadbirlarning maqsadi "Uzbekistan Airways" AJ tarkibiy korxonalari va bo‘linmalari rahbar tarkibi, fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda xodimlarining tabiiy zilzila kabi favqulodda vaziyatlar, shuningdek, ikkilamchi shikastlanish omillari (yong‘inlar) yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini takomillashtirishdan iborat edi, xususan:
- aviakorxonalarda va tarkibiy bo‘linmalarda ishlovchi rahbarlar tarkibi (boshqaruv organlari) va xodimlarni, shuningdek kuchli zilzila va yong‘inlar paytida Toshkent shahar FVDT hududiy quyi tizimining tezkor harakat qilish xizmatlarini aloqa qilish va xabardor qilishni tashkil etish bo‘yicha;
- xodimlarni to‘plash va jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish uchun xavfsiz joylarni belgilagan holda zilzila paytida xodimlarni binolardan shoshilinch evakuatsiya qilish;
- zilzilalar paytida ikkilamchi zararlanish omillari sifatida yong‘inlar yuzaga kelgan hollarda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan ("OP-2" va "OP-5" o‘t o‘chirgichlari) to‘g‘ri foydalanish va qo‘llash bo‘yicha;
- qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirishda Toshkent shahar FVDT hududiy quyi tizimining tezkor harakat qilish xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish tartibida;
- fuqaro muhofazasining shtatdan tashqari tuzilmalari (sanitariya postlari va ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar drujinalari) tomonidan avariyaga uchragan binolarda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish va ular to‘planadigan joylarda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish tartibida;
O‘quv-uslubiy seminarlar va mashg‘ulotlar "Uzbekistan Airways" AJ Ikkinchi bo‘lim, MMQ, E va SX bo‘limi mutaxassislari, Yong‘in profilaktikasi yo‘riqchilari, Transformatsiya, IT va kiberxavfsizlik departamenti hamda Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tayyorlandi va o‘tkazildi.



“Uzbekistan Airways” AJning fuqaro muhofazasi va tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha yuqorida qayd etilgan rejali tadbirlar yakuniga ko‘ra, barcha o‘quv savollari to‘liq hajmda ishlab chiqildi va belgilangan maqsadlarga erishildi, RBT va tarkibiy korxona va bo‘linmalar xodimlari o‘z bilimlarini oshirdilar.