21-oktabr – O‘zbeki tili bayrami kuni munosabat bilan Adiblar xiyobonida o‘tgan tadbirda Uzbekistan Airways xodimlari ishtirok etishdi. 
Gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy o‘zining bebaho merosi ila cho‘qqiga ko‘targan ona tilimiz, bugun nafaqat milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatimizning yorqin timsoli, balki xalqimiz jipsligi va yuksalishining buyuk ma’naviy kuchidir. 
Vazirlik va idoralar vakillari qatorida Uzbekistan Airways tashkiloti xodimlari ham buyuk davlat arbobi, ulug‘ mutafakkir va shoir Alisher Navoiy xotirasiga yuksak ehtirom bajo keltirib, uning haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi.