We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Share on social media

Hurmatli yurtdoshlar va aviaxodimlar!

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 37 yilligi keng nishonlanmoqda.

2019-yil 21-oktabr kuni davlatimiz rahbari “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi, 21-oktabr – yurtimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi.

O‘zbek tili – davlat tili maqomiga ega bo‘lgan, dunyoning yuzdan ortiq tili orasida o‘zining boy tarixi, betakror jozibasi va go‘zal ifoda imkoniyatlari bilan alohida o‘rin tutadigan tillardan biridir. Til – millatning bebaho ma’naviy xazinasi, uning milliy o‘zligi, madaniyati, tarixi va qalb kechinmalarini o‘zida mujassam etgan buyuk qadriyatdir. Zero, har bir xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘ladi. Tilning yashovchanligi va umrboqiyligi esa uni ardoqlagan, e’zozlagan va kelajak avlodlarga bezavol yetkazishga intilgan xalqning milliy g‘ururi, ma’naviy qudrati hamda taraqqiyotga bo‘lgan intilishi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Shunday ekan, davlat tiliga, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom – bu, eng avvalo, Vatanga sadoqat, millatga muhabbat va ajdodlar merosiga yuksak ehtirom ifodasidir. Zero, til bor ekan – millat yashaydi, millat yashar ekan – uning ruhi va qadriyatlari barhayot bo‘ladi. Ona tilimizning kelajakda yanada yuksak mavqega ko‘tarilishi, nufuzi ortishi, yangi-yangi so‘z va iboralar bilan boyib borishi hamda jahon miqyosida munosib o‘rin egallashi, avvalo, har birimizning unga bo‘lgan munosabatimiz, milliy g‘ururimiz, qat’iyatimiz va mas’uliyatimizga bog‘liq. Zero, ona tilini asrab-avaylash, uning sofligi va ravnaqini ta’minlash nafaqat burchimiz, balki kelajak avlodlar oldidagi muqaddas mas’uliyatimizdir.

O‘zbek tili bayrami kuni barchamizga muborak bo‘lsin!

 

“Uzbekistan Airways” AJ jamoasi

Download PDF
AI Assistant
Need help?