Murojaatlarni topshirish muddatlari
Murojaatlarni topshirish muddatlari, qoida tariqasida, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar bu davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslarining murojaatni ko‘rib chiqish imkoniyatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni ta’minlash zarurati, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga bog‘liq bo‘lsa, murojaatni topshirish muddati belgilanishi mumkin.
Bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilgani yoxud qaror qabul qilingani ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran bir yildan kechiktirmay topshiriladi.
Uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan ariza yoki shikoyat topshirish muddati ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqayotgan davlat organi, tashkilot yoki bunga vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tiklanadi.