We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Ochiq muloqot va yangi istiqbollar: Uzbekistan Airwaysning Qoraqalpog‘istondagi sayyor qabuli yakunlari

Share on social media

Uzbekistan Airways Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyor qabul o‘tkazib, hudud aholisi bilan muloqot qilish uchun ochiq maydon tashkil etdi. Uchrashuv tadbirkorlar, aviachiptalar sotuvi bo‘yicha agentlar, sayyohlik kompaniyalar vakillari, faol yoshlar hamda OAV vakillarini birlashtirdi. Shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy texnologiyalar tufayli tadbirga zalda bo‘lmaganlar ham qo‘shila olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar: butun sayyor qabul aviakompaniyaning Instagram’dagi rasmiy sahifasi orqali jonli efirda uzatildi. Uzbekistan Airways rahbariyati ham zaldan, ham onlayn efir tomoshabinlaridan tushgan savollarga batafsil javob berdi. Har bir murojaat diqqat bilan ko‘rib chiqildi: savollarning bir qismi shu yerning o‘zida yechimini topdi, kompleks o‘rganishni talab qiladigan takliflar esa bosh ofisning mutasaddi bo‘linmalariga topshirildi.
 

Muloqot davomida ishtirokchilar yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish masalasini muhokama qilib, Nukus xalqaro aeroportidan Toshkentga amalga oshirilayotgan kundalik qatnovlarning barqarorligini, shuningdek, Moskva va Olmaota bilan muntazam aviagatnovlar yo‘lga qo‘yilganligini qayd etdilar. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish tajribasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, tez-tez parvoz qiluvchi yo‘lovchilardan biri aeroportdagi kassalarga shaxsan tashrif buyurmasdan imtiyozli aviachiptalarni rasmiylashtirish bo‘yicha dolzarb masalani ko‘tardi. Boshqaruv raisining tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari Shuxrat Yadgarov ushbu jarayon allaqachon joriy etish bosqichida ekanligiga ishontirdi: tez orada yo‘lovchilar bunday chiptalarni masofadan turib rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘z vaqtlarini sezilarli darajada tejaydilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar ichki turizmni rivojlantirish, Toshkentdan Antalyaga qatnovlar sonini ko‘paytirish va onlayn-xizmatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritdilar – bu tashabbuslarning barchasi allaqachon o‘rganib chiqish uchun qabul qilingan.

Uchrashuvning salmoqli qismi fuqaro aviatsiyasining kelajagi va hududning kadrlar salohiyatiga bag‘ishlandi. Maktab o‘quvchilari va sohaviy oliygohlar talabalari osmondagi ish istiqbollari bilan faol qiziqdilar. Bo‘lajak uchuvchilarni “2+2” dasturi bo‘yicha o‘qitishni moliyalashtirish haqidagi savolga Shuxrat Yadgarov Uzbekistan Airways tayyorgarlik xarajatlarini to‘liq qoplashini ta’kidladi. Asosiy shart shundan iboratki, bitiruvchi diplom olgandan so‘ng o‘z kasbiy faoliyatini milliy aviakompaniya safida davom ettirishi to‘g‘risidagi shartnomani imzolashi kerak bo‘ladi.

Aviatsiya insonni yoshlik chog‘idanoq ilhomlantiradi. Ixtisoslashtirilgan maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchuvchilarga aynan kim ta’lim berishi bilan qiziqdilar. “Bo‘lajak uchuvchilarimizni eng yaxshi mutaxassislar tayyorlaydi, – deya tushuntirdi Sh. Yadgarov. – Ular ham xalqaro aviakompaniyalarda, ham o‘zimizda ishlash bo‘yicha ulkan tajribaga ega, muntazam ravishda xorijda malaka oshirib keladilar hamda o‘zlarining boy tajribalarini amaldagi havo kemasi sardorlari va ikkinchi uchuvchilar bilan baham ko‘radilar”.

Yoshlarning bortkuzatuvchi kasbi haqidagi savoliga ham xuddi shunday batafsil javob berildi: “Agar sizning orzuingiz – bortkuzatuvchi bo‘lish bo‘lsa, bunga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rishni boshlashingiz kerak. Siz bizning barcha talablarimizga javob berishingiz lozim: chet tillarini bilish, mustahkam sog‘liq, noodatiy vaziyatlarga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lish, stressga chidamlilikni namoyish etish, shuningdek, keng dunyoqarashga, jumladan, tarix va geografiya bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishingiz zarur. Ushbu ko‘nikmalarni rivojlantiring, bizga ishga keling va Uzbekistan Airways jamoasida bo‘ling!”.

Qoraqalpog‘iston yoshlari, shuningdek, aviakompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishish istagini bildirdilar va hududlarda Ochiq eshiklar kunlarini o‘tkazish imkoniyati haqida so‘radilar. Rahbariyat vakillari ta’kidlashlaricha, garchi ayni paytda hududlarda bunday tadbirlar o‘tkazilmasada, aviakompaniya eshiklari doimo ochiq: oldindan kelishilgan holda yosh mehmonlarni Toshkentda kutib olish va ular uchun qiziqarli tanishuv tashrifi tashkil etishdan mamnun bo‘ladilar.

Bunday uchrashuvlar aviakompaniyaga nafaqat yo‘lovchilar va hamkorlarning talablariga tezkor munosabat bildirish, balki yangi avlod aviatorlarini ilhomlantirish imkonini ham beradi. Qoraqalpog‘iston aholisiga samimiy qabul, faollik va konstruktiv suhbat uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Download PDF
AI Assistant
Need help?