Uzbekistan Airways’dan onlayn ro‘yxatdan o‘tish bilan sayohatni boshlash yanada osonlashdi. Aeroportda ortiqcha kutishlarni chetlab o‘ting – xizmat allaqachon quyidagi yo‘nalishlarda mavjud:
🌐 O‘zbekiston aeroportlaridan: MDH shaharlariga, shuningdek, Istanbul va Dubayga amalga oshiriladigan barcha aviaqatnovlarga.
🇺🇿 O‘zbekiston bo‘yicha: barcha respublika ichidagi yo‘nalishlarga.
⏱ Quyidagilarni bilish muhim:
🔹 Ro‘yxatdan o‘tish parvozdan 23 soat 55 daqiqa oldin ochiladi.
🔹 Xalqaro aviaqatnovlarda parvozdan 2 soat oldin, respublika ichidagi parvozlarda esa 1 soat oldin yopiladi.
🔹 Qog‘oz shaklidagi bortga chiqish taloni O‘zbekistonning barcha aeroportlarida majburiy. Uni Toshkent va Samarqand aeroportlaridagi ro‘yxatdan o‘tish ustunida yoki o‘zini o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazish kioskasida (telefondagi QR-kod orqali) chop etish mumkin.
💼 Faqat qo‘l yuki bilan sayohat qilasizmi?
Bortga chiqish talonini rasmiylashtirib, chop etgandan so‘ng, umumiy ro‘yxatdan o‘tish ustunlariga bormasdan, parvozdan oldingi zarur tartib-qoidalardan o‘tish uchun yo‘l olishingiz mumkin.
🧳 Bagaj bilan sayohat qilyapsizmi?
Siz parvozga oldindan onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz, aeroportga yetib kelgach esa, ro‘yxatdan o‘tish yopilguniga qadar bagajingizni ro‘yxatga olish ustunida topshirishingiz mumkin.
⚠️ Diqqat qiling: xizmat ayrim toifadagi yo‘lovchilar uchun mavjud emas. Batafsil ma’lumot: https://goo.su/yDsY4q
Dam olishni havo kemasiga chiqishdan oldin boshlang. uzairways.com rasmiy sayti yoki Uzbekistan Airways mobil ilovasida onlayn ro‘yxatdan o‘ting.