Milliy aviatashuvchi har doim mamlakatlar va qit’alar o‘rtasida muhim bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Yaqinda Uzbekistan Airways delegatsiyasi Buyuk Britaniya poytaxtida mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali kechada ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbir diplomatik korpusning yuqori martabali vakillari, Britaniya ishbilarmon doiralari va taniqli jamoat arboblarini birlashtirdi.

Qabul doirasida Uzbekistan Airways vakillari mehmonlarga aviakompaniyaning strategik imkoniyatlarini taqdim etdi. Biz O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida ishonchli va qulay to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni rivojlantirish haqida faxr bilan gapirib, xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘imizni yanada kengaytirish bo‘yicha rejalarimiz bilan o‘rtoqlashdik.
Bunday tadbirlardagi ishtirok Uzbekistan Airways’ning nafaqat global brend, balki O‘zbekistonning xorijdagi haqiqiy ambassadori sifatidagi o‘rnini yaqqol ko‘rsatadi. Biz mamlakatimizni butun dunyoga ochib, sayohatlarni yanada qulayroq qilish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda davom etmoqdamiz!
Yangi marralar sari parvoz qilamiz va qit’alarni birlashtiramiz!