O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari respublika kengashi tashabbusi bilan aviatsiya sohasi xodimlari o‘rtasida suzish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Sport tadbiri yuqori tashkiliy va professional darajada o‘tdi. Ishtirokchilar a’lo darajadagi jismoniy tayyorgarlik, chidamlilik, ruhiy kuch va g‘alabaga intilishni namoyish etdilar.

“Uzbekistan Airways” AJ xodimlari kompaniyani munosib himoya qilib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, yuqori natijalarni ko‘rsatdilar:
- 1-o‘rin – Yo‘ldosheva Sevinch, bortkuzatuvchi;
- 2-o‘rin – Muhammadov Hojiakbar, bortkuzatuvchi;
- 3-o‘rin – Anna Brostovskaya, Xaridlar departamenti mutaxassisi;
3-o‘rin – Xaitboyev Javohir, nazorat-o‘tkazish punkti qo‘riqlash xodimi.


Sportchilarimizni ajoyib natijalari bilan tabriklaymiz va ularga mustahkam sog‘lik, yangi yutuqlar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
Uzbekistan Airways – yangi zafarlar sari birgalikda!