We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Asialuxe Travel hamda Uzbekistan Airways tarixda ilk bor Samarqand – Antaliya yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovni amalga oshirdi

Share on social media

Bugun, 4-iyun kuni mamlakatimiz turizm sohasi uchun chinakamiga muhim voqea yuz berdi. Uzbekistan Airways milliy aviatashuvchisi Asialuxe Travel turoperatori bilan hamkorlikda tarixda birinchi marta Samarqand – Antaliya yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Ilgari O‘rta Yer dengizi sohillariga sayohat qilish Samarqand va qo‘shni viloyatlar aholisi uchun poytaxtga oldindan borishni yoki ulanish qatnovlari mavjud yo‘nalishlarni tanlashni talab qilib, ancha vaqtni olar edi. Endi barchasi ancha osonlashdi! Biz yo‘lovchilarga o‘zlarining uzoq kutilgan ta’tillarini qulaylik bilan va ortiqcha tashvishlarsiz boshlash imkoniyatini taqdim etishdan mamnunmiz.

Ushbu voqeani ayniqsa bolali oilalar munosib baholaydilar, zero, ko‘p soatlik kutishlar va uzoq safarlarning yo‘qligi dengiz sari yo‘lni ilk daqiqalardanoq chinakamiga yengil va yoqimli qiladi. Samarqanddan Antaliyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar 4-iyundan 10-sentyabrgacha har hafta, har payshanba kuni Uzbekistan Airways’ning zamonaviy va shinam havo kemalarida amalga oshiriladi.

Mukammal hordiqni rejalashtirish va turni band qilishni hamkorimizning asialuxe.uz saytida, shuningdek, Asialuxe Travel savdo ofislarida yoki hamkorning O‘zbekiston bo‘ylab agentlari orqali amalga oshirishingiz mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlar quyidagi telefon raqami orqali taqdim etiladi: 1111.

Download PDF
AI Assistant
Need help?