We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways jahon chempionati oldidan milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan Dreamliner samolyotini taqdim etdi

Share on social media

Uzbekistan Airways mamlakatimiz tarixida ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus bezatilgan Boeing 787 Dreamliner samolyotini taqdim qildi.

Havo kemasining taqdimoti Uzbekistan Airways Technics hududida OAV vakillari, blogerlar, hamkorlar va futbol sohasi mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tarixiy voqea munosabati bilan aviakompaniya tomonidan GO UZBEKISTAN! shiori asosida maxsus brendlangan servis mahsulotlari ishlab chiqildi. Jumladan:

– aviakompaniyaning barcha havo kemalari uchun brendlangan bosh qo‘ygichlar;

– Nyu-York aviaatnovlarida biznes va ekonom klass yo‘lovchilari uchun maxsus yo‘l to‘plamlari;

– bortkuzatuvchilari uchun maxsus belgi va aksessuarlar tayyorlandi.

Samolyot dizaynining asosiy ramzi sifatida kuch, birlik va milliy jamoani qo‘llab-quvvatlash timsoli bo‘lgan Oq Bo‘ri tanlandi.

Havo kemasini brendlash loyihasi barcha xalqaro aviatsiya talablari va texnik standartlarga to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirildi. Samolyot tashqi ko‘rinishiga kiritiladigan har qanday o‘zgarishlar xavfsizlik, ekspluatatsiya va ishlab chiqaruvchi talablariga muvofiqligi bo‘yicha maxsus tasdiq va ruxsat jarayonlaridan o‘tkaziladi.

Uzbekistan Airways milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaydi va jahon chempionatida yorqin g‘alabalar tilaydi.

 

OLG‘A O‘ZBEKISTON! GO UZBEKISTAN! 

Download PDF
AI Assistant
Need help?