Perfect University’da talabalarning “Uzbekistan Airways” AJ vakillari bilan ochiq uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yoshlar bortkuzatuvchilar va aviatsiya sohasi mutaxassislariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni to‘g‘ridan to‘g‘ri berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


Kompaniya vakillari fuqaro aviatsiyasida ishlash tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, kasbiy talablar, karera imkoniyatlari, aviatsiya sohasida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirib berdi, shuningdek, talabalarning savollariga javob berdi.


Uchrashuv jonli va ochiq muloqot tarzida o‘tib, yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi va talabalarni kasbga yo‘naltirish uchun muhim maydonga aylandi.