We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Aviakompaniyada uzoq yillar faoliyat yuritgan mehnat fronti faxriysi bilan uchrashuv

Share on social media

9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Uzbekistan Airways yoshlari aviakompaniya Faxriylar kengashi a’zolari bilan birgalikda an’anaviy tarzda urush va mehnat fronti faxriylarini ziyorat qilishadi, ularga mamlakat tarixiga va fuqaro aviatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun chuqur minnatdorchilik va hurmat bildirishadi.

Bugun aviakompaniya Faxriylar va yoshlar kengashi vakillari mehnat fronti faxriysi Klochko Leonid Mixaylovich xolidan xabar oldilar. U kishi urush yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan, G‘alabadan so‘ng esa ko‘p yillar davomida aviakompaniyada turli lavozimlarda ishlab, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan.

Mehmonlar iliq va samimiy ruhda Leonid Mixaylovichni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va uzoq umr tiladilar.

Download PDF
AI Assistant
Need help?