We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

O‘quv-mashg‘ulot markazi zamonaviy aviatsiya trenajyorlari parkini kengaytirmoqda

Share on social media

Uzbekistan Airways tarkibiy tuzilmasi hisoblangan O‘quv-mashg‘ulot markazida yangi trenajyor-simulyator o‘rnatilgani munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Ushbu muhim tadbirda “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulov boshchiligidagi aviakompaniya rahbariyati, tarkibiy tuzilma boshliqlari, ustozlar, kursantlar, OAV vakillari ishtirok etdi.

Kuni kecha O‘quv-mashg‘ulot markazi kursantlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan yangi trenajyor uskunalari bilan o‘zining moddiy-texnika bazasini boyitdi. Ushbu yangilanish kelajak uchuvchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va aviatsiya sohasida ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etishda muhim bosqich bo‘ldi.

“Endi kursantlar Diamond DA40 NG va Diamond DA42-VI turidagi havo kemalarida uchish ko‘nikmalarini real parvoz sharoitiga maksimal darajada yaqin muhitda takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mazkur simulyator keng ko‘lamli ta’lim imkoniyatlarini taqdim etadi va kursantlarimiz boshqaradigan samolyotlarni aniq takrorlaydi, shu bois biz uni so‘nggi xaridimiz uchun eng maqbul tanlov deb bildik”, – dedi “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MCHJ direktori Rustam Turabov.  

Avstriyadagi Diamond Aircraft Industries zavodida ishlab chiqarilgan zamonaviy trenajyor majmuasi Uzbekistan Airways o‘quv bazasini to‘ldirib, uchuvchilarni tayyorlash tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Uskuna xalqaro EASA (Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi) standartlariga muvofiq nazariy va trenajyor mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Olingan bilim va ko‘nikmalar kursantlar tomonidan Egmont Aviation (Sloveniya) bazasida o‘quv-mashg‘ulot parvozlari davomida bosqichma-bosqich mustahkamlanadi.

Majmua ikki turdagi trenajyorlarni o‘z ichiga oladi – bir dvigatelli va ikki dvigatelli samolyotlar uchun. Bu esa uchuvchilarni tayyorlashning to‘liq tizimini shakllantirishga, ya’ni boshlang‘ich ko‘nikmalardan tortib real sharoitga yaqin muhitda ishonchli amaliy tayyorgarlikkacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab olish imkonini beradi.

–      Bunday zamonaviy texnologiya – trenajyor-simulyatorlarni olib kelishimiz – bu biz amalga oshirayotgan tizimli ishlarni davomi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Uchuvchilarni yurtimizda tayyorlash dasturi hukumatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda va buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Yaqin yillarda aviakompaniya floti kengayishi va uchuvchilarni hamkorlikda tayyorlash kelishuviga erishganimiz bu bizni yutug‘imiz deb bilaman. Ishonamanki, ushbu yangi texnologiyalar yosh kursantlarga kasbga bo‘lgan qiziqishni ortishiga sabab bo‘ladi va sohada ko‘proq izlanish va o‘qish imkoniyatini taqdim etadi, – dedi Shuxrat Xudaykulov, “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi.

Tadbirning ikkinchi qismi esa hayajonli ruhda o‘tdi. Uchuvchilik maktabini navbatdagi bitiruvchilari hamda Boeing 767 havo kemasida parvoz va talab etilgan imtixonlardan o‘tgan bir qator kursantlar – Abduzoxid Abdusattarov, Boriyxon Ishmuxamedov, Timur Mometov, Islom Sakbayev, Saidvali Sattarov, Shaxboz Yaxshigeldiyevga ikkinchi uchuvchisi sertifikati toshirildi. 

So‘zga chiqqanlar, ustozlar Milliy aviakompaniya va O‘zbekistonimiz bayrog‘i ostidagi amalga oshiriladigan har bir parvoz muvafaqqiyatli o‘tishini tilashdi.

Eslatib o‘tamiz, kursantlar uchuvchilik maktabining nazariy kursini Toshkentdagi O‘quv-mashg‘ulot markazida o‘taydilar, amaliy qism esa Sloveniyada Yevropa standartlari bo‘yicha uchuvchilar tayyorlashga ixtisoslashgan Egmont Aviation kompaniyasi bazasida tashkil etiladi. Bo‘lajak uchuvchilar tajribali xorijiy yo‘riqchilar rahbarligida haqiqiy sharoitlarda havo kemasini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantiradilar.

Ikki yarim oylik o‘quv davomida kursantlar 65 soatlik parvozni amalga oshiradilar, bu esa olingan bilimlarni mustahkamlash va qimmatli xalqaro tajriba orttirish imkonini taqdim etadi. Dastur yakunida barcha ishtirokchilar xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

Kursantlar Toshkentga qaytgach, ko‘p a’zoli ekipaj (MCC) uchuvchilarini tayyorlash dasturiga muvofiq tayyorgarlikning uchinchi bosqichiga kirishadilar. Bu bosqichda Airbus A320 havo kemasining trenajyor mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Download PDF
AI Assistant
Need help?