We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Fototanlov ishtirokchilari taqdirlandi

Share on social media

Uzbekistan Airways’da buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur merosi – millat faxri” fototanlovi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Tanlov aviakompaniya hayotidagi yorqin voqeaga aylandi va aviatsiya xodimlari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ishtirokchilar Temuriylar davrining boy tarixiy merosini, shuningdek, ushbu davrning ulug‘vorligi va madaniy ahamiyatini shaxsiy idrok etishni aks ettiruvchi o‘ziga xos, chuqur va his-tuyg‘ularga boy fotosuratlarni taqdim etdilar.

Tanlovning asosiy maqsadi tarixga qiziqishni kuchaytirish, vatanparvarlik va mamlakatimiz madaniy merosiga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, shuningdek, xodimlarning ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat edi.

Vakolatli hakamlar hay’ati tomonidan mualliflik yondashuvi, texnik mahorat va hissiy ta’sirni hisobga olgan holda o‘tkazilgan tanlov ishlarini baholash natijalariga ko‘ra, quyidagi g‘oliblar aniqlandi:

1-o‘rin – Sabohat Muxamedjanova, “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ xodimi (241 ball);

2-o‘rin – Ahmadbek Muxtorov, Uzbekistan Airways xodimi (239 ball);

3-o‘rin – Muzaffar Mirzayev, “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ xodimi (237 ball).

G‘oliblar “Uzbekistan Airways” AJ va O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“Uzbekistan Airways” AJ tanlovning barcha ishtirokchilariga samimiy minnatdorchilik bildiradi.

Download PDF
AI Assistant
Need help?