We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Bir kunda – ikki hudud: Farg‘ona vodiysida sayyor qabullar

Share on social media

2026-yil 16-aprel kuni kunning birinchi yarmida Andijon shahrida sayyor qabul o‘tkazildi. 

“Uzbekistan Airways” AJ rahbariyati va xodimlari ishtirokida hududlar aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazish – mamlakatimiz hukumati tomonidan har yili belgilangan vazifadir.

Har bir murojaatchining fikrini eshitish – aviakompaniya rahbariyatining asosiy vazifasidir. “Savol-javob” formatida o‘tkazilgan tadbirda Savdo-sanoat palatasi, Turizm va Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari vakillari, jismoniy va yuridik shaxslar, aviachiptalar sotuvi bo‘yicha agentlar, shuningdek, sayyohlik kompaniyalari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

“Nega Andijondan Istanbulga parvozlar to‘xtatilmoqda?” degan savolga “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisining tijorat va turizm bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shuxrat Yadgarov javob berdi. “Ko‘rib turganingizdek va yangiliklarda o‘qiganingizdek, dunyoning ko‘plab aviakompaniyalari duch kelayotgan yoqilg‘i inqirozi bizga ham ta’sir qildi. Narxlar oshdi. Yoqilg‘ini sarflash va zarar ko‘rib parvoz qilishdan foyda yo‘q – bu raqamlar uchun hukumat oldida javob berishimizga to‘g‘ri keladi, chunki biz davlat aviakompaniyasi hisoblanamiz,” – dedi u. 

Andijondan parvozlar sonini ko‘paytirish masalasi alohida e’tiborga molik. Turistik tashkilotlar vakillari Toshkentga ertalabki va kechki aviaqatnovlar sonini ko‘paytirishni taklif qilishdi. “Uzbekistan Helicopters” MCHJ direktori Hakimboy O‘tamov ta’kidladi:

“Biz Toshkentdan Andijonga va ortga qaytuvchi yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori talabni ko‘rmoqdamiz, parvozlar soni barqaror. Biroq, hozirda flotning bir qismi texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tmoqda va bu ishlar yakunlanmaguncha reyslarni qo‘shishning imkoni yo‘q. Texnik jarayonlar yakunlangach, parvozlar chastotasini oshirishga harakat qilamiz”.

“Silk Avia” havo kemalari bilan Andijondan Samarqand, Buxoro va Urganchga parvozlarni tashkil etishni iloji bormi?”

Shuxrat Yadgarov ta’kidladi:

Barcha samolyotlar ertalabki aviaqatnovlarga rejalashtirilgan, lekin yo‘lovchilar kechqurun uchishga rozi bo‘lsa, parvozlarni tashkil qilish mumkin. Ammo parvozlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi. Maqsadimiz mamlakat bo‘ylab sayohatlarni qulay va hamyonbop qilishdir.

Farg‘ona viloyatida kunning qizg‘in ikkinchi yarmi “Yoshlar bilan uchrashuv” tarzida boshlandi. 

“Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi raisining tijorat va turizm bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shuxrat Yadgarov yoshlar savollariga javob berar ekan, O‘zbekistonda ham ta’lim olish va uchuvchi bo‘lish mumkin bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari borligini, shuningdek, yigit va qizlar uchun bortkuzatuvchi lavozimiga qabul yopilganligini, chunki aviakompaniyada bunga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladi. “Ehtimol, aviakompaniya parki to‘ldirilishi munosabati bilan talab paydo bo‘lishi mumkin, dedi u. 

Tadbirkorlar Farg‘ona va Andijondan xorijiy mamlakatlarga oziq-ovqat mahsulotlari – gilos tashuvida ko‘mak so‘rashdi. “Aviakompaniya muntazam aviaqatnovlarga, masalan, Rossiya shaharlariga katta havo kemasida parvoz qila oladimi?”

Shuxrat Yadgarov, ushbu savolga javob berar ekan, havo kemasi qancha katta bo‘lsa, xarajatlar ham shuncha ko‘p bo‘lishini ta’kidladi. Bugungi kunda Farg‘ona aeroportidan 180 o‘rindiqli havo kemalarida parvozlarni amalga oshirayotgan bo‘lsak, katta bortda 200 dan ortiq o‘rindiq mavjud. Biz katta bortlarda parvozlarni yo‘lga qo‘yishimiz mumkin, ammo bu sizga katta xarajatlarga olib keladi. Afsuski, ikkita yuk havo kemamiz ta’mirda. Shu bois tadbirkorlar bemalol Toshkentdan keng fyuzelyajli havo kemalarda mahsulotlarni nafaqat Rossiya shaharlariga, balki boshqa yo‘nalishlarga ham bemalol jo‘natishlari mumkin. 

Shuningdek, “Farg‘ona vodiysining bitta shahridan Urganchga aviaqatnov yo‘lga qo‘yish uchun nima qilish kerak, chunki ko‘plab yo‘lovchilarimiz 50 yoshdan oshgan? Bizda bu aviaqatnovga talab bor”.

“Bugungi kunda aviakompaniyada respublika ichidagi aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun havo kemalarining keskin yetishmasligi kuzatilmoqda. Biz bunday parvozlarni yana tashkil etish bo‘yicha istaklarni inobatga olamiz va bortlar mavjud bo‘lsa, biz aviaqatnovlarni tashkil etishga kirishishimiz mumkin. Shuni ham ta’kidlamoqchimanki, siz ham ushbu parvozlarning “hisob-kitobi” borasida bizni qo‘llab-quvvatlashingiz kerak. Bort, ekipaj xarajatlari ham hisobga olinishi kerak. Biz ham ichki turizmni rivojlantirishdan manfaatdormiz. Taklifingiz uchun rahmat, deya izohladi Shuxrat Yadgarov. 

Aviatashuvlar sotuvi agentlari va sayyohlik tashkilotlar vakillari jahon tajribasi asosida takomillashtirishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar. Yo‘lovchi va yuk tashish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Yo‘lovchilarni tashvishga soladigan masalalarning aksariyati joyida hal qilindi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar aviakompaniyaning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga o‘tkazildi.  

Uchrashuvda guruhli bandlovlar, mutaxassislarni o‘qitish, kichik aviatsiyani rivojlantirish, vertolyot sayohatlari masalalari ham muhokama qilindi. 

Ko‘pgina masalalar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar batafsil ko‘rib chiqish uchun tegishli bo‘linmalarga yuborildi. 

Uzbekistan Airways respublikaning barcha hududlarida bunday uchrashuvlarni tashkil etishda, yo‘lovchilar muammolariga yechim topishda, ularning taklif va fikrlarini o‘rganishda hamda xizmatlar sifatini yaxshilash ustida ishlashda davom etadi. 

Download PDF
AI Assistant
Need help?