Bugun Toshkent shahridagi “Chinabad Plaza” anjumanlar zalida mehnat muhofazasi haftaligi doirasida “Sog‘lom psixologik va ijtimoiy ish muhitini ta’minlaymiz” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘zbekiston ish beruvchilar konferensiyasi tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda davlat organlari, parlament, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar, yirik korxonalar, ilmiy muassasalar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etmoqda.

Ushbu konferensiya doirasida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi eng yaxshilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:
• “Eng yaxshi ish beruvchi” – “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi Xudaykulov Shuhrat Shavkatovich;

• “Eng yaxshi mutaxassis” – Aksiyadorlik jamiyatining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha muhandisi Hamidullayev Fatxulla Fayzullayevich.