We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Yoshlar – taraqqiyot drayveri: Uzbekistan Airways Boshqaruv raisining yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqoti

Share on social media

Milliy aviatsiya kelajagi bugundan qurilmoqda va bu jarayonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi – bizning shijoatli va iste’dodli kadrlarimizdir. Bugun “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulovning aviakompaniya yoshlari bilan muhim uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda Uzbekistan Airways Technics, Uzbekistan Airways Sales, Uzbekistan Helicopters va boshqa tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir formati mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bevosita rahbarga berish va oz qarashlari bilan o‘rtoqlashish imkonini berdi.

Uchrashuvni ochib berar ekan, Shuxrat Xudaykulov bugungi kunda davlat tomonidan yoshlar o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi. Aviakompaniya rahbariyati har doim yangi g‘oyalar uchun ochiq va ish jarayonlarini yaxshilash hamda sohaning dolzarb masalalarini hal qilishga qaratilgan har qanday takliflarni tinglashga tayyor.

Jonli va konstruktiv suhbat davomida kasbiy va karyera o‘sishi istiqbollari, sohaga oid oliy ta’lim olish imkoniyatlari, shuningdek, mukofotlash tizimi va munosib ish haqi darajasini ta’minlash masalalari kabi eng muhim mavzular muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilariga murojaat qilib, Boshqaruv raisi shunday ta’kidladi: “Ish jarayoni sifatini oshirish va sohadagi boshqa tashkilotlar bilan teng ravishda raqobatbardosh ish haqi darajasini ta’minlash bizning ustuvor vazifalarimizdan biridir. Sizlar yaxshi sharoitlarda, hamjihatlikda va jamoa bo‘lib ishlashingiz uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Aynan siz – yosh va maqsad sari intiluvchan mutaxassislar – dunyo bir joyda turmasligini va o‘z maqsadlaringizga erishish uchun doimo oldinga intilish zarurligini tushunib yetishingiz kerak”.

Uchrashuv ishonchli muhitda o‘tib, rahbariyat va mamlakat aviatsiya sohasining bo‘lajak yetakchilari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Download PDF
AI Assistant
Need help?