Uzbekistan Airways O‘quv-mashg‘ulot markazi Toshkent xalqaro “Kimyo” universitetida bo‘lib o‘tgan kasbga yo‘naltirish yarmarkasida ishtirok etdi. Tadbir doirasida aviakompaniya vakillari talabalarni bortkuzatuvchi kasbi va fuqaro aviatsiyasi sohasidagi karyera imkoniyatlari bilan tanishtirdilar.


Uchrashuv davomida ishtirokchilarga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: zarur kasbiy va shaxsiy fazilatlar, chet tillarini bilish darajasi, tibbiy mezonlar, shuningdek, tanlov bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi.


O‘quv-mashg‘ulot markazida tayyorgarlik tizimiga alohida e’tibor qaratildi. O‘qitish yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash va havo kemasi bortida yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishga qaratilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan kompleks dasturni o‘z ichiga oladi.
