We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Xorazm viloyatida sayyor qabul

Share on social media

Urganchda Uzbekistan Airways aviakompaniyasining shahar aholisi, agentlik hamjamiyati va OAV vakillari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar yo‘nalish tarmog‘i, tarif siyosati, agentlik hamkorligi va mintaqa havo qatnovlarini rivojlantirish istiqbollarining asosiy masalalarini muhokama qildilar.

Aviakompaniya vakillari Urganchga amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Muloqot chog‘ida jadvalni optimallashtirish bo‘yicha takliflar, jumladan, Silk Avia aviaqatnovlarini qayta taqsimlash orqali kechki vaqtda Uzbekistan Airways aviaqatnovlarini sonini ko‘paytirish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuvda Urganchdagi yangi xalqaro aeroport ishga tushirilgach, aviaqatnovlarni yanada rivojlantirish istiqbollari ham qayd etib o‘tildi. Ishtirokchilar 2026-yilgacha rivojlanish rejalarini hisobga olgan holda yangi yo‘nalishlarni ochish imkoniyatlari va yo‘nalishlarning rentabelligini muhokama qildilar.

Uchrashuvning ochiq shakli ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish va Uzbekistan Airways vakillaridan bu savollarga javoblarni olish imkonini berdi, bu esa aviakompaniyaning shaffof muloqot va mintaqada aviatsiya sohasini birgalikda rivojlantirishga intilishini yana bir bor tasdiqladi.

Download PDF
AI Assistant
Need help?