We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways’dan Navro‘z va Ramazon Hayiti munosabati bilan chegirma

Share on social media

Uzbekistan Airways 2026-yil 17-martdan 23-martgacha Navro‘z va Ramazon hayitlari munosabati bilan respublika ichidagi HY yo‘nalishlarida e’lon qilingan biznes va ekonom klassdagi barcha individual tariflarga 15% gacha chegirma taqdim etilishini ma’lum qiladi.

1. Shartlar:

Sotuv muddati - 2026-yil 17 – 23-mart (shu kuni ham);

Tashish davri - 2026-yil 20 – 23-mart (shu kuni ham);

2. Chegirma faqat Uzbekistan Airways AJning o‘z aviaqatnovlariga qo‘llaniladi, "Uzbekistan Helicopters" MCHJ (HY1001-1100) va "Silk Avia" aviaqatnovlariga tatbiq etilmaydi;

3. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:

- kattalar uchun - biznes va ekonom klass individual tariflarining 15 foizigacha;

- salonda joy egallagan 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun - bolalar chegirmasi (chegirma kodi - PTT) qo‘llanilgan holda biznes va ekonom-klassning e’lon qilingan tarifidan 36 foiz;

- 2 yoshgacha bo‘lgan va salonda joy egallamaydigan bolalar uchun ushbu chegirma tatbiq etilmaydi;

4. Qaytarish/qayta bronlash/qayta rasmiylashtirishda tarifga taqdim etilgan chegirma qaytarish/qayta rasmiylashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun - belgilangan tartibda (25% chegirma qo‘llanilgan holda) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachiptani qaytarish summasini hisoblash uchun chegirma qo‘llanilmagan holda foydalanilgan aviauchastkadagi tarif chegirib tashlanadi;

5. Chegirma bilan rasmiylashtirilgan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar aksiya davridan tashqari qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalarsiz tarifning to‘liq darajasigacha qo‘shish zarur. Yo‘lovchining ismi, familiyasi va pasport ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritish texnologiyasi doirasida aviachiptalarni qayta rasmiylashtirishda, shuningdek, to‘plangan ballar uchun xizmat ko‘rsatish sinfini Z gacha oshirish istisno hisoblanadi.

6. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 2026-yil 20-martdan 23-martgacha (shu kuni ham) qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;

7. Chegirma bilan rasmiylashtirilgan qisman foydalanilgan aviachiptalar 2026-yil 24-martdan boshlab aviaqatnovlarga qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma + open date aksiyasi davrida tushmagan 2-segmentga qo‘llanilmaydi;

8. Chegirma bilan rasmiylashtirilgan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish/qayta bronlash va qaytarish qo‘lda amalga oshiriladi;

9. Chegirma faqat chegirma taqdim etiladigan davrga to‘g‘ri keladigan uchastka uchun qo‘llaniladi;

10. Chegirma qo‘llaniladigan yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar chegirma tatbiq etilmaydigan yo‘nalishlar bilan kombinatsiyalangan taqdirda tashishni rasmiylashtirishni turli aviachiptalar bilan amalga oshirish zarur.

11. Chegirma bilan aviakompaniyaning veb-saytida (UZS/USD/RUB uchun), O‘zbekiston Respublikasi hududida ("Uzbekistan airways sales" filiali va uning agentlari tomonidan) sotishga ruxsat beriladi;

12. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;

13. Chegirma AOW tarifiga, shuningdek, guruhli bronlash uchun qo‘llanilmaydi.

 

Eslatma: Chegirma faqat tarifga taalluqli. Soliqlar va yig‘imlar qo‘shimcha ravishda to‘lanadi. 

Download PDF
AI Assistant
Need help?