We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways Farg‘ona vodiysida roud-shouni boshladi: birinchi uchrashuv Farg‘onada bo‘lib o‘tdi

Share on social media

Uzbekistan Airways Farg‘ona vodiysi shaharlari – Farg‘ona, Namangan va Andijonda bir qator roadshow tadbirlarini o‘tkazmoqda. Uchrashuvlarning asosiy maqsadi – Namangan – Dehli – Namangan yangi xalqaro yo‘nalishi taqdimoti, shuningdek, aviatashuvlarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va g‘oyalarni muhokama qilish uchun turoperatorlar va aviachiptalar sotuvi agentliklari bilan ochiq muloqot o‘tkazishdan iborat.

Uchrashuvning birinchi maydoni Farg‘ona bo‘ldi, u yerda aviakompaniya vakillari mahalliy agentliklar uchun taqdimot o‘tkazdilar. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi nomidan tadbirda marketing va tijoratni rivojlantirish boshqarmasi, shuningdek, agentlik tarmog‘ini rivojlantirish, daromadlarni optimallashtirish bo‘limi xodimlari so‘zga chiqdi.

Taqdimot davomida turoperatorlar va agentlar aviakompaniya faoliyati, uning floti, tarkibiy bo‘linmalari va yo‘nalishlar tarmog‘ining rivojlanishi bilan tanishdilar.  Uzbekistan Airways vakillari yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish, UzAirPlus sodiqlik dasturining imkoniyatlari, shuningdek, joriy yilda yetib kelishni boshlaydigan zamonaviy Airbus A321LR havo kemalari bilan flotni to‘ldirish haqida so‘zlab berishdi. 

Ishtirokchilarda Uzbekistan Airways’ning yo‘lovchilarga yanada qulay xalqaro yo‘nalishlarni rejalashtirish imkonini beruvchi kod-shering va interlayn kelishuvlari doirasida xorijiy aviakompaniyalar bilan hamkorligi mavzusi alohida qiziqish uyg‘otdi.

Taqdimotdan so‘ng uchrashuv ochiq muloqot tarzida davom etdi. Turoperatorlar va agentlar faol ravishda savollar berib, o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Xususan, ular kelajakda mintaqa yo‘lovchilari orasida talabga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni qayd etdilar.

Shuningdek, ishtirokchilar Farg‘ona – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar jadvali va yo‘lovchilar uchun qulayliklarni oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Aviakompaniya vakillari talab qanday tahlil qilinayotgani va yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qanday qarorlar qabul qilinayotgani, shuningdek, charter aviaqatnovlarni tashkil etish va Namangan – Dehli – Namangan yangi yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq savollarga javob berishdi.

Uchrashuv muborak Ramazon oyida bo‘lib o‘tgani uchun mehmonlarga iftorlik dasturxoni yozildi.

Tadbir bayramona ruhda yakunlandi: ishtirokchilar o‘rtasida lotereya o‘yini o‘tkazildi. G‘oliblarga aviakompaniyaning esdalik sovg‘alari topshirildi, bosh sovrin esa Namangan – Dehli yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta bo‘ldi.

“Biz va mening agent hamkasblarim Uzbekistan Airways tomonidan o‘tkaziladigan ochiq muloqotlarda tez-tez ishtirok etamiz. Har kim o‘z takliflarini bildirishi mumkin va ko‘plab masalalar tezkorlik bilan hal qilinadi. Bizni eshitishadi, fikrimizga quloq tutishadi,” – deydi uchrashuv ishtirokchisi Dilshod Ahmadjonova. 

Farg‘ona vodiysidagi “Roadshow” mintaqaning boshqa shaharlarida ham davom etadi. Bunday uchrashuvlar aviakompaniyaga nafaqat yo‘lovchilar uchun yangi yo‘nalishlar va imkoniyatlarni taqdim etish, balki aviatashuvlarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydigan agentlik tarmog‘i bilan hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi.

Download PDF
AI Assistant
Need help?