“UAT” MChJda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2026 yil 27 fevral kuni “UAT” MChJ ma’muriy binosida ma’muriy-boshqaruv xodimlari uchun “UAT” MChJda korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni direktor o‘rinbosari S.S. Saidxo‘jayev kirish so‘zi bilan ochib, korrupsiyaga qarshi kurash nafaqat davlat miqyosida, balki tashkilot faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Seminarning asosiy ma’ruzachisi sifatida Toshkent aviatsiya transport prokurori Sh.T. Mamadjanov ishtirok etdi. U o‘z nutqida korrupsiya davlat rivojiga jiddiy tahdid solishi, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillariga putur yetkazishi hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘sqinlik qilishini qayd etdi.

Tadbir davomida rahbarlar va xodimlarning xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishi, havo kemalaridagi texnik nosozliklarning oldini olish, ehtiyot qismlar xaridini takomillashtirish hamda kadrlar bilan ishlash tizimini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, malakali mutaxassislarni jalb etish va ularni saqlab qolish, mehnatga haq to‘lash darajasini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda mehnat qonunchiligi va jamiyatning ichki normativ hujjatlariga qat’iy rioya etish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar yakunida korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada mustahkamlash, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ushbu yo‘nalishda amaliy tadbirlarni muntazam tashkil etib borish muhimligi qayd etildi.