O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, bir guruh faol va fidoyi xotin-qizlar yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ular orasida “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan aviatsiya xodimi – Nadejda Vasilevna Bryuxovetskaya, “Uzbekistan Airways” AJ texnologik bo‘limi boshlig‘i ham bor.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi davlat mukofoti bilan taqdirlangan xodimini samimiy muborakbod etadi va uning kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik hamda yangi yutuqlar tilaydi.