We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Ayollar va bolalarning tazyiq va zoʻravonlikdan himoyasi yanada kuchaytiriladi

Share on social media

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini yanada kuchaytirish, ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish yuzasidan takliflar hamda yangi tashabbuslar bilan tanishdi.

Taqdimotda keng jamoatchilik, soha ekspertlarining takliflari hamda ilgʻor xalqaro tajriba asosida muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tayyorlangan tashabbuslar koʻrib chiqildi;

⚡️ shahvoniy shilqimlik uchun belgilangan 5 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosini qatʼiylashtirish;

⚡️ pedofillar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha boʻlgan jazoni belgilash;

⚡️ Jinoyat kodeksining 118- va 119-moddalaridagi jinsiy jinoyatlarni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etgan mahkumlarni manzil-koloniyalarga oʻtkazmaslik;

⚡️ Jinoyat kodeksining 6 ta moddasidagi jinsiy jinoyatlar boʻyicha ishlarni tergov qilish vakolatini ichki ishlar organlaridan prokuraturaga oʻtkazish;

⚡️ shahvoniy shilqimlik boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlikka oid materiallarda jinoyat alomatlari mavjud emasligi boʻyicha prokuror qarorini olish shartligi;

⚡️ ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik jinoyatlari bilan maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan advokatlar, tergovchi va sudyalar shugʻullanishi;

⚡️zoʻravonlikdan jabrlangan va himoya orderi berilgan xotin-qizlar himoyasini kuchaytirish maqsadida ularning telefon qurilmalariga maxsus “SOS” ilovalarini oʻrnatish, bunda chaqiruv tugmasi bosilganda 5 kilometr radiusdagi ichki ishlar xodimlari 10 daqiqada manzilga yetib kelishi va boshqalar.

 

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Axborot xizmati

Download PDF
AI Assistant
Need help?