We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

"Korrupsiyaga qarshi choralarni amalga oshirish va ularga rioya qilish" mavzusidagi uchrashuvlar

Share on social media

2026-yil 2-3-fevral kunlari "Uzbekistan airways"AJning xorijiy vakillarining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 2025-yilgi ish natijalari umumlashtirildi va 2026-yil uchun strategiyasi tasdiqlandi.

Korrupsiyaga qarshi nazorat va ularga rioya qilishga alohida e‘tibor qaratildi. Korrupsiyaga qarshi nazorat xizmati xodimlari yuqori xavfli jarayonlarni monitoring qilish tizimlarini joriy etish va kompaniyaning ichki hujjatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha hisobot taqdim etdilar.

Manfaatlar to‘qnashuvi ham muhokama qilindi: xorijiy vakillar, barcha aviakompaniya xodimlari singari, har yilgi manfaatlari to‘qnashuvi deklarasiyasi va yaqin qarindoshlari haqidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga olgan extimoliy manfaatlari to‘qnashuvi haqida deklaratsiya topshirishlari shart.

Yig‘ilish ishtirokchilariga aviakompaniyani chet elda vakillik qilishda ular turli xil professional xavflarga, jumladan, korruptsiyaga duch kelishlari mumkinligi va korporativ standartlar va qonunchilikka qat‘iy rioya qilish muhimligi eslatildi.

"Uzbekistan airways" AJ o‘z xodimlariga xalqaro operatsiyalarida nazorat va qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish orqali shaffoflik va yuqori korporativ mas‘uliyatga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.

AI Assistant
Need help?